Oson to‘lov xizmati qabul qiluvchi va jo‘natuvchi to‘g‘risidagi talab qilinadigan ma’lumotlarni qonunchilikda ko‘rsatilganidek aks ettirmagani uchun jarimaga tortildi, deya xabar qildi Markaziy bank. Regulyator to‘lov tashkilotlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarga ham izoh berdi.
O‘zbekiston banklari to‘lov tizimlarining transchegaraviy tranzit operatsiyalarini to‘xtatish bo‘yicha MB qarorini qo‘llab-quvvatlovchi bir xil mazmundagi xabarlarni beryapti. Ularda qaror moliya tizimi va fintex bozorini xatarlar, jumladan, sanksiya bilan bog‘liq risklardan himoyalashga qaratilgani aytiladi.
Oson to‘lov xizmati Markaziy bank jarima sanksiyalari ishi bo‘yicha barcha so‘rovlarni qaytarib olishi va jarimani to‘lashini ma’lum qildi. Oson 5-sentabrdan mustaqil ravishda xorijiy pul operatsiyalarini amalga oshirmayapti, deya qayd etdi kompaniya.
Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.
“Gazeta.uz”ga Brio Group (Oson) MB qo‘llagan jarima yuzasidan izoh berdi. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari 5-sentabrdan transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida ogohlantirilgani aytildi. Kompaniya MBdan millionlab mijozlarga ta’sir qiluvchi masala bo‘yicha shaffof muloqot tashkil etishni so‘rayapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting